Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter tvitning uzunligi bo‘yicha ba'zi cheklovlarni olib tashladi
Twitter mikrobloglar xizmati 19 sentabrdan boshlab xabarlarda belgilarning hisoblanishi siyosatini o‘zgartirdi. Endilikda xabarlarga suratlar, gif-animatsiyalar, video va so‘rovnomalar qo‘shilganida, matndagi belgilar sonini cheklanmaydi.
Shuningdek, iqtibos sifatida keltirilgan tvitlar ham hisobga olinmaydi. Bu so‘rovlar o‘tkazish funksiyasiga ham taalluqli.
«Shu tariqa foydalanuvchilarda o‘zaro muloqotlarda fikrlarini ifoda etish imkoniyatida qulaylik paydo bo‘ldi», — deyilgan Twitter xabarida.
Shu yilning mayida Twitter post yozishda ilova qilingan linklarni hisobga olmasligi xabar berilgan edi, ammo ushbu qoida qachon amalda qo‘llana boshlanishi noma'lum.
Mavzuga oid
21:15 / 26.05.2026
Eronda internet qisman tiklandi
19:31 / 25.05.2026
AQSh mamlakat ichidagi chet elliklardan Green Card arizalari qabul qilishni cheklaydi
10:06 / 25.04.2026
Dunyo bo‘ylab maktablarda telefon cheklovlari keskin oshdi
08:44 / 11.04.2026