YuNeSKOning Ta’lim monitoringi böyiça global hisobotiga köra, hozirda dunyodagi ta’lim tizimlarining 58 foizi maktablarda mobil telefonlardan foydalanişni çeklagan yoki taqiqlagan. Bu körsatkiç 2023 yilda atigi 24 foizni taşkil etgan edi.
Mutaxassislar bu ösişni öquvçilar diqqatining pasayişi, kiberbulling holatlari va ijtimoiy tarmoqlarning bolalar psixologiyasiga ta’siri bilan izohlamoqda. Şuningdek, ekran vaqti ortişi ta’lim samaradorligiga salbiy ta’sir körsatayotgani ta’kidlanmoqda.
Sönggi vaqtlarda Boliviya, Xorvatiya, Malta va Maldiv orollari kabi qator davlatlar ham milliy darajada telefon çeklovlarini joriy etgan. Ayrim mamlakatlarda esa bu masala yanada kuçaytirilib, qonunçilik darajasiga olib çiqilmoqda.
Ekspertlar fikriça, telefon çeklovlari öquvçilarning darsdagi faolligini oşiriş, jonli muloqotni rivojlantiriş va ta’lim muhitini yaxşilaşga xizmat qiladi. Biroq ba’zi mutaxassislar texnologiyalarni töliq taqiqlaş emas, balki ulardan oqilona foydalaniş madaniyatini şakllantiriş muhimligini ham ta’kidlamoqda.
Umuman, maktablarda smartfonlardan foydalanişni çeklaş global ta’lim siyosatidagi asosiy trendlardan biriga aylanib bormoqda.








