Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolardan varrak uchirishda cheklovlarga rioya qilish so‘raldi
Iliq ob-havo sharoitida varrak uchirish bilan bog‘liq holatlar ko‘paymoqda. Mas’ul idoralar fuqarolarni aeroportlar yaqinida bunday mashg‘ulotlardan tiyilishga chaqirib, bu parvozlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solishini ta’kidlamoqda.
Qayd etilishicha, varraklar balandga ko‘tarilib, samolyotlarning uchish va qo‘nish yo‘llariga tushib qolishi mumkin. Bu esa havo kemalari bilan to‘qnashish, texnik nosozliklar va favqulodda holatlar yuzaga kelish xavfini oshiradi.
Ayniqsa, mustahkam yoki kuchaytirilgan iplar samolyot uskunalariga zarar yetkazishi yoki dvigatellarga tushib qolishi ehtimoli mavjud.
O‘zbekiston Havo kodeksining 17-moddasiga muvofiq, parvozlar xavfsizligiga tahdid soladigan faoliyat turlari qatoriga aeroport va uning atrofida varrak uchirish ham kiradi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 116²-moddasiga ko‘ra, havo hududidan ruxsatsiz foydalanish uchun BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi belgilangan. Agar bu kabi harakatlar aviatsiya hodisasiga sabab bo‘lsa, jinoiy javobgarlik ham kelib chiqishi mumkin.
Mas’ullar poytaxt aholisi va mehmonlaridan varrak uchirish uchun aeroportlardan uzoq, xavfsiz hududlarni tanlashni hamda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
21:15 / 26.05.2026
Eronda internet qisman tiklandi
19:31 / 25.05.2026
AQSh mamlakat ichidagi chet elliklardan Green Card arizalari qabul qilishni cheklaydi
10:06 / 25.04.2026
Dunyo bo‘ylab maktablarda telefon cheklovlari keskin oshdi
17:45 / 19.03.2026