Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi ertaga Toshkentga qaytib kelib, dabldekerlarda shahar bo‘ylab aylanadi
21 sentabr kuni O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridan Toshkentga qaytib keladi. Paralimpiyachilarimiz joy olgan samolyot tongda, soat 06.15da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘nadi.
"Gazeta.uz" xabariga ko‘ra, hozirda Toshkentda O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasini ham xuddi Olimpiadada ishtirokchilari singari katta tantana bilan kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Paralimpiyachilar uchun ham davlat bayroqlari ranglari, XV Paralimpiada ramzlari va gullar tasvirlari tushirilgan ikki qavatli avtobuslar hozirlangan.
Dabldekarlarning yon tomoniga "Biz siz bilan faxrlanamiz!" va "O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat!" shiorlari tushirilgan.

Delegatsiya aeroportdan Beshyog‘och ko‘chasi orqali Milliy olimpiya qo‘mitasi binosigacha yurib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada 5ta sport turida 32 nafar sportchi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston paralimpiyachilari delegatsiyasi yakunda 31ta medalni (8ta oltin, 6ta kumush va 17ta bronza qo‘lga kiritib, 16-o‘rinni egalladi.
Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan 6ta jahon, 7ta Paralimpiya o‘yinlari, 12ta Osiyo rekordi o‘rnatildi.
Mavzuga oid
11:14 / 25.09.2016
Farg‘onada paralimpiyachilarni kutib olish marosimi o‘tkazildi
12:05 / 22.09.2016
Foto: Paralimpiyachilarga sovg‘a qilinadigan Malibu avtomobillari o‘z sohiblarini kutmoqda
10:49 / 21.09.2016
O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Toshkentga yetib kelishdi
21:50 / 20.09.2016