O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Toshkentga yetib kelishdi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 7-18 sentabr kunlari o‘tkazilgan 15-Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi bo‘lgan samolyot bugun, tonggi 06:15da Turkiya orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishdi. Ularni katta xursandchilik bilan kutib olishdi. Ular orasida Rioda o‘tgan Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarimiz ham bor edi. Bundan tashqari u yerda O‘zbekiston san'ati vakillarini ham uchratish mumkin.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi musobaqa dasturiga kiritilgan sportning 5 ta turida (yengil atletika, suzish, dzyudo, o‘q otish, og‘ir atletika) 32 sportchi bilan ishtirok etdi. Sportchilarimiz Paralimpiya o‘yinlarining 31 medalini ( 8 ta oltin, 6 ta kumush, 17 bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 200 yaqin ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida 15-o‘rinni (medallar soni bo‘yicha 12-o‘rin), Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida 1-o‘rinni, MDH davlatlari o‘rtasida 2- o‘rin (1-o‘rin Ukraina, 171 sportchi bilan ishtirok etgan), Osiyo davlatlari o‘rtasida 2-o‘rin (1-o‘rin Xitoy, 326 sportchi bilan ishtirok etgan) qo‘lga kiritdi. Dzyudo sport turi bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
Bundan tashqari, g‘olib sportchilarimizni taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi imzolangan.
Unga ko‘ra, oltin medal olgan paralimpiyachilarga 200 ming dollar, kumush medal olgan paralimpiyachilarga 100 ming dollar, bronza medal olgan sportchilarga esa 75 ming dollar miqdoridagi pul mukofotlari tayinlangan.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024