Rio-de-Janeyro şahrida ötkazilgan yozgi XV Paralimpiya öyinlarida Özbekiston paralimpiya terma jamoasi safida Farğona viloyatidan 2 nafar sportçi iştirok etdi. Sportçilarni Farğona viloyati yoşlari munosib kutib oldi.
Yengil atletika böyiça ikkita bronza medalga egalik qilgan Doniyor Soliyev hamda yadro uloqtiriş böyiça olimpiya öyinlarida iştirok etgan Dilafruz Ahmatxonovani kutib oliş marosimi Farğona olimpiya zaxiralari kollejida bölib ötdi.
Marosimda yuqori örinlarni egallagan sportçilar orasida Farğona viloyati yoşlari borligi alohida qayd etib ötildi.
Unda sözga çiqqan viloyat hokimining ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça yordamçisi Ma'ruf Turdimatov viloyat hokimligi nomidan ğoliblarni yana bir bor tabrikladi hamda qimmatbaho sovğalarni topşirdi.
"Biz Rioga jönaşdan oldin öz oldimizga ğalaba bilan qaytişni maqsad qilib oldik. Terma jamoamizning har bir a'zosi ğoliblik uçun bor kuçini, şijoatini, ğayratini sarf qildi. Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning bizga bölgan işonçini oqladik degan umiddaman. Ularning bizga bölgan e'tibori, yaratib bergan şahroitlari yutuqlarimizning asosi böldi", - deydi yengil atletika böyiça ikkita bronza medal egasi Doniyor Soliyev.
Ma'lumot uçun, özbekistonlik sportçilar Paralimpiya öyinlarining 31 medalini (8ta oltin, 6ta kumuş, 17ta bronza) qölga kiritib, umumjamoa hisobida 200ga yaqin iştirokçi davlatlar orasida 16-örinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-örinni, MDH davlatlari örtasida 2-örinni (1-örin Ukraina), Osiyo davlatlari örtasida 2-örinni (1-örin Xitoy) qölga kiritdi. Özbekiston vakillari turnir davomida 6ta jahon, 7ta Paralimpiya öyinlari, 12ta Osiyo rekordini örnatişdi.























