Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boshqaruvi yo‘qotilgan "Tyangun-1" koinot stansiyasi Yerga 2017 yilning ikkinchi yarmida tushadi
Xitoy hukumati "Tyangun-1" orbital stansiyasi ustidan nazorat yo‘qotilganini tan oldi, deb yozmoqda The Guardian. Taxmin qilinishicha, o‘z muddatini ishlab bo‘lgan stansiya Yer atmosferasiga 2017 yil ikkinchi yarmida kirib, unda yonib ketadi.
Xitoylik mutaxassislar stansiya sayyoramiz uchun xavf solmasligini ta'kidlab o‘tdilar. Biroq ularning yevropalik hamkasblari boshqaruvi yo‘qotilgan stansiya Yer orbitasidagi sun'iy yo‘ldoshlarga xavf solishi mumkinligini aytmoqdalar.
Xitoy stansiya trayektoriyasini kuzatishga va stansiyaning Yerga tushishi xavf tug‘dirgudek bo‘lsa, tegishli xalqaro ogohlantirishni berishga va'da berdi.
Koinot stansiyasi 2011 yil 29 sentabrda fazoga uchirilgan. U bilan 3 marta tutashuv amalga oshirilgan, 2016 yil boshida modulning ekspluatatsiyasi to‘xtatilgan.
2016 yil 15 sentabrda Xitoy "Tyangun-2" koinot stansiyasini fazoga uchirdi. Oktyabrda unga bortida 2 nafar xitoylik fazogir bo‘lgan "Shenchjou-11" kosmik kemasi tutashishi belgilangan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026