Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Distractagone – insonni o‘z smartfonidan uzoqlashtirishning ishonchli yo‘li

Kickstarter kraudfanding-portalida vaqt o‘tgan sayin bir-biridan g‘aroyib loyihalar paydo bo‘laveradi. Masalan, oddiy gadjyet DistractaGone bunga misol bo‘ladi. Ko‘rinishidan u raqamli tablo va uch tugmaga ega kichik qutini yodga soladi. Bu qurilmani nima sababdan ishlatish mumkin? Fikringiz qanday?
Odam o‘rtacha hisobda o‘z smartfonining ichida kuniga 4 soatdan ortiq yashaydi. Matematik hisoblash esa biz yiliga telefonlar uchun deyarli 1500 soat vaqt ajratishimizni ko‘rsatadi. Bu esa qariyb ikki oy degani. Biroq asosiysi bu ham emas. Ko‘plab insonlar o‘z gadjyetlaridan hattoki, ish vaqtida ham, oila bilan kechki taom ustida o‘tirganda ham yoki sevimli kishisi bilan uchrashuv chog‘ida ham ayrilolmay qolishadi. Aynan manna shunday «klinik holatlar» uchun Niderlandiyalik ijodkor jamoa DistractaGone’ni o‘ylab topdi.
DistractaGone – taymerli elektron qulfda berkiluvchi mustahkam plastik quti. Shavqatsiz telefonlarsiz oila davrasida vaqtingizni o‘tkazish istagidamisiz – shunchaki smartfonni quti ichiga solib, uni berkitib, taymerga qo‘ying. Masalan, uch soatga qo‘yib, qulf rasmli tugmani bosing. Tamom. Taymer nolgacha sanab bo‘lmagunga qadar qutini ochib bo‘lmaydi, siz esa tarmoqlardan kelayotgan xabarlarga chalg‘imay, bemalol yaqinlar bilan suhbat qurishingiz yoki dam olishingiz mumkin. Albatta, bu ixtironing hech bir qiziq yeri yo‘q, deb o‘ylashingiz mumkin. Bu mini-seyf emas, balki vaqtni o‘g‘irlovchi smartfonlardan vaqtinchalik halos bo‘lishga yordam beruvchi qandaydir timsoldir.
DistractaGone o‘z o‘lchami bilan to‘rtta smartfonni sig‘dira oladi. Qurilma narxi 35 yevro va 2017 yilning fevral oyida sotuvga chiqadi. Siz bu loyihani Kickstarter portalidagi rasmiy sahifasida qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ai-80 benzini narxi yana qimmatlashdi
Iqtisodiyot | 19:07
-
«Afrosiyob» poyezdiga nisbatan qo‘poruvchilik harakati sodir etgan temiryo‘lchilar qamaldi
O‘zbekiston | 19:06
-
O‘zbekiston va Germaniya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 19:03
-
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

11:12 / 12.08.2025
Apple 20 yillik yubileyga shisha iPhone chiqaradi

21:57 / 31.07.2025
O‘zbekistonda ayollar startaplari uchun ilk milliy akselerator dasturi ishga tushirildi

20:48 / 31.07.2025
Telefonga qaramlik: texnologiyalar bizni qanday tobe qilmoqda?

12:33 / 31.07.2025