Aloqa markazlari va sun’iy intellekt (SI) uçun dasturiy ta’minotga ixtisoslaşgan Amerikaning Nice kompaniyasi Dyusseldorfdagi Cognigy startapini Yevropa sun’iy intellekt bozori uçun rekord summa – 955 million dollarga sotib oldi. Bu haqda Handelsblatt işbilarmonlik gazetasi xabar berdi. Nice rahbariyati 2025 yilning törtinçi çoragida Cognigy'ni sotib oliş böyiça bitimni yakunlaşni rejalaştirmoqda.
2016 yilda taşkil etilgan Cognigy nafaqat Yevropada, balki Osiyoda ham faoliyat yuritadi. Startap Yevropadagi mijozlarga xizmat körsatiş uçun sun’iy intellekt asosidagi çat-botlarning eng ilğor işlab çiquvçilaridan biri hisoblanadi. Bunday botlar mijozlarning savollariga javob berişi, ular bilan muloqot qilişi va oddiy vazifalarni bajarişi mumkin. Ilgari mavjud bölgan çat-botlardan farqli ölaroq, Cognigy işlanmalari 100 dan ortiq tilda işlaşi va kompaniyalardagi mavjud tizimlarga birlaştirilişi mumkin. Startap mijozlari orasida Mercedes-Benz, DHL, Lufthansa va Nestle bor.

Nice'ning iş kölami yanada kengroq. Hozirda Amerika konsernining mijozlari orasida Disney, Sony, Toyota va 150 dan ortiq mamlakatning boşqa kompaniyalari bor.
Startap vakillari bitimni ular, mijozlar va hamkorlar uçun «katta qadam» deb atadi. «Nice bilan biz ösişni tezlaştiriş uçun zarur bölgan miqyos, resurslar va nou-xauga ega bölamiz», deya ma’lum qildi Cognigy. Bundan taşqari, startapning mustaqil platformasi bitim yakunlanib, Nice tizimlariga integratsiyalaşganidan keyin ham mavjud bölib qoladi.











