Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotogalereya: Eron Fors qo‘ltig‘i bo‘yidagi vaziyat taranglashishi fonida yirik harbiy parad o‘tkazdi
Eronda 1980 yili Iroq bosqiniga qarshi urush boshlangan sanaga 36 yil to‘lgan kunda yirik harbiy parad o‘tkazildi. Unda mamlakat qurolli kuchlarining yangi kemalari va raketalari namoyish etildi.
Tehrondagi parad davlat telekanallari orqali translyatsiya qilindi. Parad chog‘ida harbiylar maydondan marsh qilib o‘tishdi, uzoq radiusli raketalar, tanklar va S-300 zenit-raketa qurilmalari namoyish etildi.






Shuningdek, Fors qo‘ltig‘i qirg‘og‘idagi Bander-Abbos porti suvlarida Eron harbiy-dengiz kuchlarining 500ta kemasi, vertolyotlar va suv osti kemalari ishtirokida parad o‘tkazildi.

Amerikaliklar ma'lumotlariga ko‘ra, Fors qo‘ltig‘ida Eron va AQSh munosabatlari strategik jihatdan taranglashib bormoqda.
2016 yilda Fors qo‘ltig‘i suvlarida ikki tomon kemalarining bir-biriga xavfli darajada yaqinlashishi bilan bog‘liq 30ta holat qayd etildi. Bu o‘tgan yilgi bilan solishtirganda 2 barobar ko‘pdir.
Tehronda Eron qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Muhammad Husayn Bakiri mamlakat tinchlik tarafdori ekanini ta'kidlab o‘tgan. Lekin u Eronga 1980-1988 yillarda Iroq bilan olib borilgan urush "saboq bo‘lgani"ni qayd etib o‘tgan.