Ginnesning Rekordlar kitobidan joy olgan Ashxoboddagi yangi aeroport fotojamlanmasi
Turkmaniston poytaxtida qad ko‘targan yangi xalqaro aeroport binosi Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgani haqida ma'lum qilgan edik. Ushbu aeroportning tantanali ochilish marosimi 17 sentabrda mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Markaziy Osiyoda eng yirik hamda texnik ta'mirlanishi bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi aeroportlardan biri hisoblangan mazkur majmua 1 200 gektar maydonni egallagan. U 100dan ortiq inshootlarni o‘zida jamlagan bo‘lib, bulardan 48tasi - asosiy sanaladi. Asosiy va ikkinchi yo‘lovchi terminali, yuk terminali, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi, o‘quv va tibbiyot markazlari va ko‘plab boshqa obektlar shular jumlasidandir.
Turkmaniston Davlat axborot agentligining rasmiy saytida taqdim qilingan suratlarni e'tiboringizga havola qilamiz.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
22:15 / 25.10.2024