Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: AQShning Suriya harbiylariga zarbasi qasddan amalga oshirilgan
AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy havo kuchlarining Dayr az Zordagi Suriya qo‘shinlariga bergan aviazarbalari qasddan amalga oshirilgan. Suriya Arab respublikasi prezidenti Bashar Asad Assoshieyted Press agentligiga bergan intervyusida shunday fikrni bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya armiyasi egallab turgan pozitsiyalarga bir soatlar davomida aviazarbalar berilgan.
"Bu bittagina samolyotning bexosdan hujumi emas edi. Bu 4ta samolyot bo‘lib, ular suriyalik askarlarga bir soat yoki undan ham ko‘proq vaqt davomida hujum uyushtirgan. Hujum bexosdan sodir etilgan bo‘lsa, bir soat davom etishi mumkin emas", — deb qayd etgan Asad.
IShIDga qarshi koalitsiya samolyotlari 17 sentabrda jangarilar qurshovida bo‘lgan Suriya hukumat kuchlariga 4 bora zarba bergan, buning oqibatida 62 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lib, 110ga yaqini jarohatlangan edi.
Amerika qo‘mondonligi aviazarbalar berilganini tan olgan bo‘lsa-da, Moskvani bundan ogohlantirganini ta'kidlashdi. Ularga ko‘ra, amerikaliklar Rossiyadan ushbu hududda suriyalik harbiylar bo‘lishi mumkinligini bilgach, hujum qilishni darhol to‘xtatishgan.
Rossiya TIV o‘z navbatida, AQShning bu kabi harakatlarini terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashga qiyosladi.