O‘zbekiston | 09:54 / 22.09.2016
7405
1 daqiqa o‘qiladi

Varshavada O‘zbekiston–Polsha maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

19–21 sentabr kunlari Varshava shahrida O‘zbekiston va Polsha tashqi ishlar vazirliklari shartnoma-huquq xizmatlari o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Polsha delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirligi shartnoma-huquq departamenti direktori Anjyey Mishtal boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlarda imzolangan ikki tomonlama hujjatlar inventarizatsiya qilindi, O‘zbekiston–Polsha hujjatlari loyihalari ustida olib borilayotgan ish jarayoni ko‘rib chiqildi hamda hamkorlikning huquqiy asosini rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida TIV vakillari xalqaro shartnomalar bo‘yicha qonun ijodkorligi va ularni bajarishni tartibga soluvchi ikki tomon qonunchiligi haqida ma'lumot almashdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid