Jahon | 23:58 / 23.09.2016
15954
2 daqiqa o‘qiladi

Yaman prezidenti butun dunyoni davlati iqtisodiyotiga yordam berishga chaqirdi

Yaman prezidenti Abd-Rabbo Mansur Hodiy xalqaro hamjamiyat va moliyaviy tashkilotlarni Yamandagi xo‘jalikni tiklash  va yangi demokratik davlat yaratishdagi iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.  

"Men butun ozod dunyo va moliyaviy tashkilotlarni Yamanga iqtisodiy choralarda yordam berishga chaqiraman", deb aytdi Hodiy BMT Bosh assambleyasidagi nutqida. 

Hodiy mamlakat rahbariyati Markaziy bankni Adanga ko‘chirishga qaror qilganini aytdi, bu yerda qonuniy hukumat isyonchi xusiychilarning ig‘vogar harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlaydi.

Hodiy navbatdagi marta Eronni Yamandagi vaziyatni siyosiy tartibga solish bo‘yicha choralarga qarshi to‘sqinlik qilishda aybladi. Uning aytishicha, Tehron xusiychilar va Yamanning sobiq prezidenti kuchlarini qo‘llab-quvvatlash orqali Yamanda demokratik davlatni qurishga barcha sa'y-harakatlarni barbod qilishga qaratilgan "vayronakor rejani" amalga oshirmoqda.  

 

Mavzuga oid