2024 yil avgustidan beri husiyçilar hukumatini boşqarib kelgan Ahmad Ğolib Ar-Rahoviy Isroil Yaman poytaxtiga zarba berganida hukumatning navbatdagi yiğilişini ötkazayotgan bölgan.

28 avgust kuni isroillik harbiylar «Yamanning Sano şahri hududida husiyçilar terrorçilik rejimidagi harbiy nişon»ga zarba berilganini ma’lum qilgandi.

Reuters agentligi öşanda halok bölganlar orasida mudofaa vaziri va husiyçilar ştabi boşliği ham borligini ma’lum qilgandi. Xabarda Isroil yuqori martabali amaldorlar oldindan yozib olingan nutqni televizorda tomoşa qiliş uçun töplangan bir neçta joyga zarba berganini xabar qilgan.

Ar-Rahoviy «Ansor Alloh» harakati Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportiga «Falastin-2» gipertovuşli raketasi yordamida hujum qilingani haqida xabar berganidan bir kun ötib öldirildi.

Isroilning Keşet 12 telekanalida juma kuni berilgan xabarga köra, mamlakat harbiylari husiyçilarning butun hukumati (12 vazir va boş vazir) zarba oqibatida halok bölgan deb hisoblaydi, biroq bu yakuniy baho emas. Keşet 12 öz ma’lumotlari manbasini körsatmagan.

Yamanning Al-Jumhuriya naşri al-Rahoviy Sanodagi kvartirasida vafot etgani haqida xabar bergan.

Bungaça Isroil 25 avgust, duşanba kuni Yaman poytaxtiga zarbalar bergandi. Mahalliy rasmiylar ma’lumotlariga köra, uşbu hujum oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, 100 kişi jarohatlangan.

Husiyçilar Hamas bilan uruşda Isroil tomon bir neça bor raketa va dronlar uçirgan hamda buni falastinliklarga birdamlik ifodasi deb izohlagan. Isroil havo hujumidan mudofaa tizimlari aksar hollarda ularni muvaffaqiyatli tutib oladi.

Bundan taşqari, husiyçilar Qizil dengiz va Adan körfazidagi savdo kemalarini muntazam ravişda öqqa tutgan.

Uşbu hujumlarga javoban Isroil va AQŞ Yamanning isyonçilar nazoratidagi hududlariga, jumladan, mamlakat poytaxtiga köplab zarbalar berib keladi.

May oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati husiyçilar bilan kelişuv haqida e’lon qilib, kemalarga hujumlar töxtatilişiga javoban havo hujumlarini töxtatişga va’da bergandi. Isyonçilar kelişuv Isroilga aloqador nişonlarga hujumlarni töxtatişni anglatmasligini ta’kidlagandi.

Isyonçi husiyçilarning «Ansor Alloh» harakati 2014 yilda Yamanda siyosiy kuçga ega bölgandi. 2015 yildan beri ular mamlakat poytaxti Sanoni nazorat qilmoqda.