Jamiyat | 19:16 / 23.09.2016
27873
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bog‘chalardagi bolalar ta'minotiga haq to‘lash qoidalari o‘zgartirildi

O‘zbekiston Xalq ta'limi va Moliya vazirliklarining 25 iyuldagi qo‘shma qarori bilan yangi «Maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda darakchi.uz xabar bergan.

"Yangi nizom tasdiqlangani munosabati bilan ilgari amalda bo‘lgan 2008 yil 13 fevraldagi "Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi", — deyiladi xabarda.

Yangi Nizomga ko‘ra, maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minoti uchun to‘lov har oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Avvalgi tahrirda esa bu oyning 10 sanasiga qadar qilib belgilangan edi.

Shuningdek, oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta'minoti uchun to‘lov bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida oyning qolgan kunlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Ilgarigidek, to‘lovning belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng ham keyingi 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmasligi bolaning maktabgacha ta'lim muassasasiga qatnashini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.

Mavzuga oid