Jamiyat | 20:05 / 23.09.2016
15910
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Mashhur prodyuser Barak Obamaning "shimini yechib yuborishga harakat qildi"

Amerikalik rejissyor va prodyuser Mel Bruks mamlakat prezidenti Barak Obama bilan undan san'atga qo‘shgan hissasi uchun taqdim etilgan medalni qabul qilib olayotganida hazillashdi.

2015 yilda san'at sohasiga hissa qo‘shganlarni taqdirlash tadbiri Vashingtondagi Oq Uyda bo‘lib o‘tgan.

Obama rejissyorning ko‘ksiga medalni taqib qo‘ygach, bunga javoban Bruks go‘yoki, prezidentning shimini yechib olishga shaylangandek harakat qilgan. Uning bu harakati ko‘pchilik nashrlar tomonidan shunday talqin qilinmoqda.

Ammo bu vaqtda Bruks medalning qanchalik og‘irligini namoyish etmoqchi bo‘lgani to‘g‘risida ham fikrlar bildirilmoqda.

Ma'lumot uchun, Mel Bruks — amerikalik mashhur kinorejissyor, prodyuser va aktyor. U o‘zining kinoparodiyalari va film-farslari orqali mashhurlikka erishgan. 1999 yilda o‘zining ilk rejissyorlik ishi — "Prodyuserlar" filmi ssenariysi uchun "Oskar" mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Bruksning eng mashhur kartinalari orasida "Yosh Frankenshteyn", "Fazoviy tuxumlar", "Butun dunyo tarixi, birinchi qism", "Robin Gud: triko kiygan erkaklar" va boshqa filmlarni eslab o‘tish mumkin.

Mavzuga oid