Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xurshidbek Normatov professional boksda raqibini nokaut qildi
Foto: fightnews.info
2016 yil 23 sentabr kuni Mayami shahrida (Oklaxoma, AQSh) professional boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda, o‘zbekistonlik professional bokschi Xurshidbek Normatov (2−0−0, 1 KO) ishtirok etdi.
Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi 26 yashar amerikalik Tomas Bernardga (5−4−0, 3 KO) qarshi ringga ko‘tarildi, deb xabar qilmoqda fightnews.info. Jang, ikkinchi raunddayoq yakuniga yetib, bunga Xurshidbekning chapdan bergan zarbasi bilan raqibini nokaut qilgani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Normatov Fight Promotion promouterlik kompaniyasi bilan 15ta jang o‘tkazish sharti bilan shartnoma imzolagan. U 25 iyunda o‘zining debyut jangini o‘tkazib, Romon Barberni (6−11−0, 5 KO) mag‘lub etgandi.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026