Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Los-Anjyelesda kanadalik boshlovchining uyida aktyorning jasadi topildi
23 sentabrda AQShning Kaliforniya shtati Los Anjyeles shahridagi xususiy uylardan birida erkak kishining jasadi aniqlangan, deb xabar qilmoqda ABC telekanali. Xabarlarga ko‘ra, uyni kanadalik taniqli boshlovchi ijaraga olgan.
O‘ldirilgan shaxs 41 yoshli kanadalik aktyor Richard Hong ekanligi aniqlangan. Og‘ir bosh jarohatiga ega jasad Hollivud politsiyasi tomonidan boshlovchi Jorj Strumbulopulosning uyida aniqlangan. Jorj bu vaqtda safarda bo‘lgan.

ABC telekanaliga ko‘ra, huquq idoralarining taxmin qilishlaricha, Hong o‘g‘rilarning qurboni bo‘lgani ehtimol. Guvohlar uydan shubhali kishi qochib chiqqanini ko‘rishgan. Qidiruv ishlari olib borilayapti.
Strumbulopulos marhum uning yaqin do‘sti bo‘lgani va safarga ketgan vaqtlarida uyida bo‘lib turishi haqida bayonot bergan.
Hong keng ommaga unchalik ham tanilmagan aktyordir. U ikkita kartina va bitta serialda suratga tushgan.
Mavzuga oid
09:26 / 11.07.2026
Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi Enn Uiddikomb o‘ldirildi
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
11:19 / 29.06.2026