Jahon | 23:29 / 24.09.2016
7924
1 daqiqa o‘qiladi

Sitsiliya sohillari yaqinida Turkiya yuk kemasi cho‘kib ketdi

Turkiyaga qarashli yuk kemasi Sitsiliya orolidan 38 km uzoqlikda O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketdi. Bu haqda Daily Sabah nashri ma'lum qildi. 

Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati kema ekipajining 16 a'zosini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Kema turk kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Panama bayrog‘i ostida suzayotgan bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, uzunligi 136 metr bo‘lgan kema Senegaldan Xorvatiyaga ammoniy fosfati olib ketayotgan bo‘lgan. 

 

Mavzuga oid