Jahon | 09:18 / 24.09.2016
5655
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatini mustahkamlashni davom ettiradi

Shimoliy Koreya AQSh tahdidlaridan himoyalanish uchun yadroviy salohiyatini mustahkamlashni davom ettiradi, deb ma'lum qildi 23 sentabrda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo BMT Bosh assambleyasi minbaridan. 

"AQSh tomonidan yadroviy tahdid sharoitida, bizning suverenitet va mavjud bo‘lishga haqligimiz, tinchlik saqlash maqsadida davlatimiz yadroviy qudratini mustahkamlash bo‘yicha choralar davom ettiriladi", deb aytdi Li Yon Xo.

Uning aytishicha, "yadroviy qurollanish Shimoliy Koreya davlati tutgan yo‘ldir". 

"Biz bilan adovatda bo‘lgan yadroviy davlat bor ekan, davlatimiz xavfsizligi va Koreys yarimorolidagi tinchlikni yadroviy ushlab turish kuchlarigina bilan ishonchli himoyalash mumkin", deb aytdi vazir.

Li Yon Xo dunyoda hech qaysi bir davlat AQSh va Janubiy Koreya kabi ko‘p miqdorda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmasligini ta'kidlab o‘tdi. U shu bilan birga yadroviy va raketa ishlanmalari boshqa davlatlarda ham olib borilayotganiga qaramasdan BMT faqatgina Shimoliy Koreyani jazolayotgani uchun unga tanbeh berdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid