O‘zbekiston | 18:44 / 24.09.2016
5089
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari BAAlik hamkasbi bilan uchrashuvda bo‘ldi

2016 yilning 23 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zaid Al Nahayan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek BMT doirasidagi aloqalar va Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan majlisi nuqtayi nazaridan IHT doirasidagi hamkorlik ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid