Jahon | 20:10 / 25.09.2016
8825
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy harbiy-havo kuchlari Tinch okeanida mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Xitoy armiyasining turli turdagi 40 dan ko‘proq samolyoti Tinch okeanining g‘arbiy qismidagi havo hududida mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda 25 sentabrda Xitoy harbiy-havo kuchlari rasmiy vakili Shen Tszinke ma'lum qildi.  

Rasmiy vakil mashg‘ulotlarda H-6K strategik bombardimonchilari, Su-30 qiruvchi samolyotlari va havoda yonilg‘i quyuvchi samolyotlar ishtirok etganini ma'lum qildi. Mashg‘ulotlar davomida dengiz ustida harbiy harakatlar. havoda yonilg‘i quyish malakalari sayqallandi.

Shen Tszinke, shuningdek, qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar Sharqiy Xitoy dengizi ustidagi havo hujumiga qarshi mudofaaning taniqlik hududida patrul parvozini amalga oshirganlarini ma'lum qildi. Bu hudud Dyaoyuydao (Senkaku) orollari ustidagi havo hududini o‘z ichiga qamrab oladi. Bu orollar Yaponiya va Xitoy hududiy bahsiga sabab bo‘lib kelmoqda. Pekin bu hududda Xitoyning ruxsatisiz paydo bo‘ladigan samolyotlarga qarshi mudofaa choralarini ko‘rishidan ogohlantirgan. 

 

Mavzuga oid