Temiryöllar qurilişi XIX asr boşlarida boşlangan bölsa-da, keyinçalik avtomobil transporti rivojlanganda ham uning ahamiyati pasaymadi. Hanuzgaça u turli yuklarni va yölovçilarni taşişda muhim transport vositasi bölib qolmoqda.

Bugun dunyoning 140 davlatida temiryöllar bor. Ma’lumotlarga köra, 2023 yilda dunyo böylab taşilgan yuklarning 23 foizi temiryöllar orqali taşilgan.

Temiryöllarda yuk va yölovçi taşişda AQŞ, Xitoy, Rossiya, Kanada, Hindiston, Germaniya, Fransiya, Argentina, Avstraliya va Braziliya kabi davlatlar yetakçilik qiladi.

XX asr va XXI asrning boşlarida dunyodagi eng uzun temiryöl yönalişi Transsibir yönalişi edi. Bu yönaliş Moskvadan Uzoq Şarqdagi Vladivostok şahrigaça borardi.

2014 yilda Xitoy tomonidan “Yangi ipak yöli” nomi bilan yangi temiryöl yönalişi oçildi. Bu yönalişda poyezd Xitoyning Iu şahridan Ispaniya poytaxti Madridgaça boradi. Uning umumiy uzunligi 13 052 kilometrni taşkil etadi.

“Yangi ipak yöli” bir muddat dunyodagi eng uzun temiryöl yönalişi bölib turdi. 2021 yilga kelib Laosning Boten va Viyentyan şaharlari örtasida 414 kilometrlik temiryöl uçastkasi foydalanişga topşirildi.

Şundan söng Singapurdan Portugaliyagaça bölgan masofada dunyoning eng uzun temiryöl liniyasi paydo böldi. Biroq “Yangi ipak yöli” liniyasidan farqli ravişda Singapur-Portugaliya yönalişida poyezdlar qatnamaydi.

The Times naşrining xabar berişiça, Laosdagi temiryöl uçastkasi bitgandan söng Lissabondan Singapurgaça bölgan 18,6 ming kilometrlik yölni poyezdda Parij, Moskva va Pekin orqali 3 haftada bosib ötiş mumkin böladi.

Ma’lumot uçun, Laosdagi yölni “Bir kamar bir yöl” dasturi doirasida Xitoy qurib bergan. Quriliş işlari 5 yil davom etgan va unga 6 mlrd dollar mablağ sarflangan.

Quyida dunyoning eng uzun temiryöl yönalişlari haqida ma’lumot beramiz.

10. Şanxay – Lxasa 4 373 kilometr

Xitoy şarqidagi Şanxay şahridan uning janubiy-ğarbiy qismida joylaşgan Tibet poytaxti Lxasa şahriga yuradigan poyezd Xitoyning sakkizta provinsiyasidan ötadi.