Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent open musobaqasi o‘zbekistonlik sportchilar uchun og‘ir boshlandi
24 sentabr kuni Respublika olimpiya zaxiralari kortlarida Xalqaro ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) tarkibiga kiruvchi "Toshkent open" an'anaviy musobaqasi boshlandi.
Musobaqaning ilk saralash bosqichida o‘zbekistonlik tennischi Laylo Bahodirova Tereza Martinsovaga 0/6, 1/6 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekistonlik yana bir tennischi Nigina Abduraimova ham Karatzina Piterga 4/6, 6/2, 3/6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Arina Folts bilan Ipak Soyli o‘rtasidagi bahs ham, turkiyalik tennischi foydasiga hal bo‘ldi: 1/6, 1/6.
O‘zbekistonning yana bir vakili Sabina Sharipovagina g‘alabaga erishdi. U Aleksandra Panova bilan bo‘lgan bahsda g‘olib chiqdi: 6/4, 3/6, 6/4.
Eslatib o‘tamiz: Musobaqa 1 oktabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
13:45 / 26.01.2024
Australian Open'da sensatsiya. Sinner Jokovichning Melburndagi 2195 kunlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi
19:16 / 03.11.2023