Ukrainalik tennisçi Nikita Belozersev sport fuqaroligini özgartirdi. Endi u Özbekiston bayroği ostida öynaydi. Bu haqda Özbekiston tennis federatsiyasi xabar berdi.
17 yoşli Belozersev ITF ösmirlar reytingida Ukrainaning birinçi raketkasi edi va hozir umumiy reytingda 13-örinni egallab turibdi. Ötgan yili u Serbiyada bölib ötgan ITF M15 turnirida özining debyut professional unvonini qölga kiritdi.
«Nikita Belozersevning terma jamoaga qöşilişi Özbekiston tennisining xalqaro maydondagi salohiyatini yanada oşiradi», deyiladi xabarda.
Sönggi 1 yil içida bir qança rossiyalik tennisçilar - Mariya Timofeyeva, Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova Özbekiston bayroği ostiga ötdi.












