Jamiyat | 12:20 / 25.09.2016
12432
2 daqiqa o‘qiladi

Uy oldi-sotdisida firibgarlik qilgan jinoiy guruh qilmishi fosh etildi

Dilorom Usmonovaning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i hisobchi bo‘lib ishlardi. Nima bo‘ldi-yu, u kamomadga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Diloromning nomida uy bor edi. Er-xotin maslahatlashib, xonadonni sotuvga qo‘yishdi. Bundan xabar topgan Bobur Zoirov va Jamshid Ahmedovlarning paytavasiga qurt tushdi. Dilorom ham kalta o‘ylab, ularning tuzog‘iga tushdi.

Xullas, uyning oldi-sotdisi qalbaki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladigan bo‘ldi va ular mana shu usul bilan uyni bir necha shaxsga pullashmoqchi bo‘ldi. 
Birinchi sotuvdan tushgan pul bilan D.Usmonovaning turmush o‘rtog‘i yo‘l qo‘ygan kamomad yopildi. Keyingi sotuvdan tushgan pullar o‘rtada taqsimlanadigan bo‘ldi. 
Kunlarning birida “Ittifoq” mahallasida yashovchi Dildora Pirnazarovaning qulog‘iga yetib bordi. Kelishuvga ko‘ra, uy 54 mln. so‘mga baholandi. Ko‘nglida hech qanaqa shubha yo‘q xaridor bo‘nak tariqasida 100 AQSh dollari uzatdi. 

Bobur va Jamshid D.Pirnazarovaning uyiga kelishdi. Ayolni aldab undan 53 million so‘m olishdi va ishontirish uchun tilxat ham yozib berishdi. 
Ammo jinoyi guruhning qilmishi fosh bo‘ldi. Ularga sudning hukmi bilan jazo tayinlandi.

Mavzuga oid