Sport | 17:36 / 26.09.2016
6312
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: «Manchester Siti» ko‘nglimdagidek o‘ynay boshlagan bo‘lsa, men uyga qaytaverardim

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo‘li ostidagi jamoaning mavsum boshidagi starti haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- «Manchester Siti»ning o‘yini siz ko‘rishni istaydigan o‘yin darajasiga yaqinmi?

– Yo‘q, biz hali bundan uzoqdamiz. Agar biz yaqin bo‘lganimizda bu zerikarli bo‘lardi. Men uyga qaytaverardim.

Biz shuning uchun shu yerdamizki, jamoani kuchaytirishimiz kerak. Agar bunga erishib bo‘lindi deb hisoblasam, qanday davom etaman? Futbolda bu jarayon hech qachon to‘xtab qolmaydi.

Hamisha yanada yaxshiroq, yanada jamoaviy o‘yin ko‘rsatish mumkin bo‘lib ko‘rinaveradi. Qolaversa, raqiblar har bir o‘yinda turlicha qiyinchiliklarni ro‘baru qiladi.

Men shundan xursandmanki, yigitlar mehnat qilishmoqda. Ular bilishadiki, murabbiylari ular uchun kuniga 24 soat ishlashini. Ular oilasi bag‘rida ekanida, biz ularning holati yanada zo‘rroq bo‘lishi uchun ishlayotganimizni bilishadi.

Ularga juda yomon o‘ynashni taqiqlamayman, lekin ularga yugurmay o‘ynashga ruxsat bermayman. Juda yomon o‘ynashlari mumkin, lekin keyingi o‘yinda yaxshiroq o‘ynashlariga to‘g‘ri keladi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid