Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik shifokorlar adashib sog‘lom buyrakni olib tashlashdi
Italiyalik shifokorlar jarrohlik amaliyoti davomida xabis o‘simta rivojlangan o‘ng buyrakning o‘rniga adashib, chap buyrakni olib tashlashdi. Bu haqida The Local nashri ma'lum qildi.
Italiya shimolidagi Vijyevano shahrida 78 yoshli kishiga buyrak saratoni tashxisi qo‘yildi, shu bois unga nisbatan jarrohlik amaliyoti qo‘llanib, bir buyragi olib tashlandi. Manbaga ko‘ra, shifokorlarning xatosi darhol aniqlanmagan.
Operatsiyadan keyin ahvoli yaxshilanmagan bemor shifoxonaga qayta murojaat qildi. Shundan so‘nggina shifokorlar sog‘lom buyrak olib tashlanganini anglab yetishdi. Endi esa nafaqaxo‘r haftada uch marta to‘rt soatdan davom etadigan dializ muolajasiga qatnashi lozim.
Bemorni operatsiya qilishda xatolikka yo‘l qo‘ygan shifoxonada ichki tergov ishlari olib borilmoqda. Davolash muassasasi 78 yoshli nafaqaxo‘rdan uzr so‘ragan va davolash uchun kerak bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
11:17 / 20.06.2026
“349 voqeasi” yoxud Pepsi tarixidagi eng qimmat marketing xatosi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026