Pul mukofotlari - xaridorlarni jalb qiliş vositasi

Pepsi Filippin bozoriga 1980-yillarning oxirida kirib kelgandi va raqobat deyarli yöq şaroitda xaridorlarni reklama aksiyalari orqali jalb qilişga kirişdi. Bu aksiyalar pul yutuqlari bilan boğliq edi. Tanlangan strategiya juda yaxşi edi — Filippinda odamlar juda kambağal yaşar, oyiga 1500 peso yaxşi maoş hisoblanardi, kompaniya esa 100–200 pesolik sovrinlar berardi. Bu oila budjeti uçun yaxşigina qöşimça mablağ edi.

Bu xarajatli iş deb öylaysizmi? Ha, ma’lum ma’noda şunday, çunki yutuqlar har qanday holatda ham tölanişi kerak, mabodo mahsulotga talab yetarli bölmasa, xarajatlar qoplanmasligi aniq. Ammo xavotirlar behuda bölib çiqdi — Pepsi qisqa vaqt içida ön millionlab filippinliklarning mehrini qozondi va mamlakat gazli içimliklar bozorining qariyb çorak qismini egalladi. Daromadlar şunçalik katta ediki, kompaniya moliyaviy ahvolidan xavotir olmasdan istalgan tanlov va lotereyalarni ötkazişi mumkin edi. Pepsi rahbariyati ham 1992 yilgaça şunday deb öylardi, ammo keyin falokat yuz berdi...

“Bugun siz millionerga aylanişingiz mumkin!”

1992 yil fevralida Pepsi Philippines (PCPPI) kompaniyasi Pepsi, 7-Up, Mountain Dew va Mirinda içimliklari şişalari qopqoqlarining içiga 001 dan 999 gaça bölgan raqamlar bosib çiqarilişini e’lon qildi. Pepsi’ning bir neça hafta davomida Filippin gazetalari, radio va televideniyesida namoyiş etilgan reklamalari juda oddiy va tuşunarli edi: “Bugun siz millioner bölişingiz mumkin!”

Yutuqli raqamlar uçun 100 pesodan (qariyb 4 AQŞ dollari) boşlab pul mukofoti oliş mumkin edi. Boş mukofot esa 1 million peso edi. Bu 1992 yilda 40 ming AQŞ dollariga yaqin bölib, öşa paytda Filippindagi örtaça oylik maoşdan 611 barobar köp edi.

Filippinliklar ziqna emas, hatto ma’lum ma’noda saxiy va sodda odamlar, ammo ular ham boşqalar kabi yaxşi yaşaşni yaxşi körişardi. Katta boylik ilinjida oilalar deyarli barça pullarini gazli içimlikka sarflay boşlaşdi. Har tong odamlar yutuqli qopqoq çiqişini sörab duo qilişar, har keç esa televizor atrofida yiğilib, duolari ijobat bölgan-bölmaganini aniqlaşardi. Axir hazil gapmi, 1 million peso topiş uçun örtaça filippinlik 50 yil işlaşi kerak edi!

dzen.ru

Pepsi sovrinlar uçun jami 2 million dollar ajratgandi. Marketing mutaxassisi Pedro Vergara Pepsi Number Fever aksiyasini ilgari Lotin Amerikasida ötkazilgan va muvaffaqiyat qozongan aksiyalar asosida işlab çiqqandi.