Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Amerika harbiylari Obama amriga bo‘ysunishni xohlashmayapti
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik harbiylar, ko‘rinishidan, AQSh Oliy bosh qo‘mondoni, prezident Barak Obama buyruqlariga bo‘ysunishga shoshilishmayapti.
"AQSh Oliy bosh qo‘mondoni Barak Obama, meni ishontirishlaricha, Rossiya bilan o‘zaro hamkorlik qilishni ma'qullagan, u buni prezident Putin bilan Xitoyda o‘tkazgan uchrashuvida shaxsan tasdiqladi. Ko‘rinishidan, harbiylar Oliy bosh qo‘mondonga unchalik ham quloq osishmaydi", — degan Lavrov NTV telekanali ko‘rsatuvida.
Rossiyalik bosh diplomatning yodga olishicha, BMTning Suriyadagi gumanitar karvoniga zarba berilishidan so‘ng, rasmiy Moskva jiddiy surishtiruv ishlarini olib borishni talab qilganiga qaramay, AQSh davlat kotibi Jon Kerri "nima bo‘lgandayam Rossiya aybdor"ligini aytgandi.
"U ham ta'zirini yegan ko‘rinadi, Kerri ham AQSh harbiy mashinasining qattiq tanqidiga duch kelgan", — deb qayd etgan Lavrov.
Mavzuga oid
15:28
Uitkoff AQShda Putinning elchisi Dmitriyev bilan uchrashdi
14:39
Harbiy tergov: Erondagi maktabga berilgan raketa zarbasi uchun AQSh javobgar
11:44
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
11:41