Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tolibonlarning qamoqxonasini qo‘lga oldi
Afg‘oniston maxsus xavfsizlik kuchlarining bo‘limlaridan biri Gilmend provinsiyasida joylashgan “Tolibon” jangarilariga taalluqli bo‘lgan qamoqxonani qo‘lga olishdi va u yerdan 101 kishini ozod qilishdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
"26 sentabr kuni maxsus bo‘limning askarlari “Tolibon” harakatining Marja tumanida joylashgan qamoqxonasiga hujum qilishdi va u yerdan 101 kishini ozod etishdi. Ular ichida mamlakat xavfsizlik kuchlari vakillari va oddiy fuqarolar bor", - deb mahalliy hokimiyat vakili Umar Zavak so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Xavfsizlik kuchlari talofati haqida ma'lumotlar keltirilmagan. “Tolibon” jangarilari voqea yuzasidan izoh berishmagan, deb xabar beradi agentlik.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026