Jahon | 08:57 / 26.09.2016
5441
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada KIP a'zosi yuk poyezdini portlatib yubordi

Foto: DHA

Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi a'zosi mamlakat sharqida joylashgan Van provinsiyasidagi temir yo‘lda o‘rnatilgan bomba yuk poyezdini portlatib yubordi. Natijada bir kishi jarohatlandi.

Anadolu agentligi politsiyadagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, poyezd Eron bilan chegarada joylashgan Saroy tumanida portlagan. Uchta vagon zarar ko‘rgan.

Ma'lumot uchun, Kurdiston ishchilar partiyasi hukumat tomonidan taqiqlangan. 2015 yilning iyulida ikki tomon o‘rtasidagi nizolar  yangilanishidan so‘ng tomonlar o‘rtasida doimiy ravishda qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib kelmoqda. Kurdlar tomoni hujumlar orqali 700 nafarga yaqin turkiyalik harbiylar va politsiyachilar halok bo‘lgani aytiladi. Turkiya bosh shtabi esa bu vaqt davomida 7 mingga yaqin kurd jangarilari yo‘q qilingani haqida ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid