O‘zbekiston | 16:04 / 26.09.2016
20619
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Bosh vazir hisobotini qabul qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016 yil 23 sentabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni 17 moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi reglamenti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritildi. 

Unga muvofiq, fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Qonunchilik palatasining qo‘mitalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma'ruzasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim. 

Fraksiyalar, Qonunchilik palatasi qo‘mitalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi hamda Qonunchilik palatasi majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim bo‘lgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarbligi masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi mumkin. 

Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha qabul qilgan qarori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid