Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 7 iyul kungi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi qonun loyihasini qabul qildi.

Loyihada lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topişi, şuningdek, ayrim harflarning qöllanilişiga aniqlik kiritilişi nazarda tutilmoqda.

Közda tutilgan özgarişlar:

  • Gʻ gʻ → Ğ ğ
  • Oʻ oʻ → Ö ö
  • Sh sh → Ş ş
  • Ch ch → Ç ç
  • ng harfi alifbodan çiqariladi.

Özgarişlar kuçga kirişi uçun qonun Senat tomonidan ma’qullanib, Prezident tomonidan imzolanişi kerak böladi.

Qayd etiş lozim, qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasidan ötkazilmadi. Şuningdek, aynan qanday özgarişlar haqida gap ketayotgani ham bir muddat aniq bölmay turdi – palata rasmiy axborotida bunga aniqlik kiritilmagan. Qolaversa, yalpi majlis faqatgina Qonunçilik palatasining rasmiy saytidagina efirga uzatilgan bölib, saytda efir yakunlanmay turib ortga qaytarib tomoşa qiliş imkoniyati yöq. Bunday imkoniyat YouTube'da bor edi, lekin Qonunçilik palatasi – Senatdan farqli ölaroq – öz majlislarini YouTube'da jonli efirga uzatiş amaliyotini töxtatib qöygan.

“Bosqiçma-bosqiç joriy etiladi”

Rasmiy xabarda aytilişiça, qonun loyihasi amaliyotda bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. Xususan, qonun kuçga kirguniga qadar rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valuta va qimmatli qoğozlarning amal qilişi saqlab qolinadi.

Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlarining ramziy belgilari, peşlavha va körsatkiçlari hamda boşqa atributlardan belgilangan muddatgaça özgarişsiz foydalaniladi.