Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anons: YeChLning 2-turida «Borussiya D» «Real»ni qabul qiladi, «Tottenhem» Moskvada o‘ynaydi
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 2-tur uchrashuvlariga start beriladi. Jamoalar ikki kun mobaynida navbatdagi raqiblariga qarshi maydonga chiqishadi.
Jumladan, “F” guruhida Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Real”ni qabul qiladi. Eski tanishlarning navbatdagi bahsiga ikkala jamoa ham tayyor. Bu jamoalar 1-turda g‘alaba qozongandi.
1-turda ishonchli g‘alabaga erishgan “Lester” o‘z maydonida “Portu”ni qabul qiladi.
Moskvada TsSKA jamoasi “Tottenhem”ga qarshi bahs yuritadi. “Shporlar” mazkur uchrashuvi oldidan tarkib borasida jiddiy yo‘qotishlarga duch kelishgan.
Italiya chempioni “Yuventus” esa Xorvatiyada “Dinamo Z”ga qarshi maydonga tushadi.
“Monako” – “Bayyer” (23:45, Match! Arena)
TsSKA – “Tottenhem” (23:45, Match TV)
“Borussiya D” – “Real” (23:45, Match! Futbol 2)
“Sporting” – “Legiya” (23:45, yozib olingan holda Match! Futbol2 kanalida Toshkent vaqti bilan 2:40)
“Kopengagen” – “Bryugge” (23:45, Match! Futbol1 kanalida, Toshkent vaqti bilan 1:45)
“Lester” – “Portu” (23:45, Match! Futbol 1)
“Sevilya” – “Lion” (23:45, Match! Igra)
“Dinamo Z” – “Yuventus” (23:45, Match! Nash sport)
Izoh: O‘yinlar boshlanishi vaqti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan