Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon MSK referendumning dastlabki natijalarini ayon qildi
26 sentabr kuni Ozarboyjonda mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mazaxir Panaxov seshanba kungi matbuot anjumanida hozirga qadar byulletenlarning 72,7 foizi tekshirib chiqilgani va saylovchilarning 88,5 foizi prezidentlik muddatining 5 yildan 7 yilga uzaytirilishini yoqlab, 4,7 foiz saylovchi bunga qarshi ovoz berganini ma'lum qildi.
Mazaxir Panaxovning aytishicha, saylovchilarning 84,5 foizi davlat boshqaruvida vitse-prezidentlar institutining kiritilishiga rozilik bildirgan bo‘lsa, 6,8 foiz saylovchi bunga qarshi ovoz bergan.
Shuningdek, saylovchilarning 84,2 foizi prezidentlikka nomzod ko‘rsatish yoshi chegaralanishining olib tashlanishini ma'qullagan.
Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, ovoz berishda saylovchilarning 69,7 foizi, ya'ni 3,6 mln fuqaro ishtirok etgan.
Referendum yakunlari rasmiy ravishda 21 oktabrda e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026
BAAda Shayx Zayd mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
16:04 / 17.01.2026