Jahon | 15:17 / 27.09.2016
7375
1 daqiqa o‘qiladi

Pxenyan yadro quroli ishlab chiqarish jarayonini yakunlagani haqida ma'lum qildi

Foto: AP

Rasmiy Pxenyan yadro qurolini ishlab chiqishning asosiy jarayonini yakunlagani haqida bayonot bermoqda. Bu haqda, KXDRning Rossiyadagi elchixonasi matbuot axborotnomasiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda

"Ehtimol bu, mamlakatning yadro qurolini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlarni yakunlaganiga ishonch bildirishdir", — deyiladi hujjatda. 

Axborotnomada qayd etilishicha, "so‘nggi sinov vaqtida, Koreya xalq armiyasi strategik qo‘shinlari "Xvason" artilleriyasining ballistik raketalariga joylashtiriladigan standart yadro kallagining asosiy jihatlari, kuchi, texnik ko‘rsatkichlari aniqlab olingan".

Shimoliy Koreya 9 sentabr kuni navbatdagi yadro sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida bayonot bergan edi. Rasmiy Seul portlovchi qurilma kuchini 10 kilotonna deb baholadi. So‘nggi sinov KXDR tarixidagi eng yirigi bo‘lgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid