Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qanday shart bilan neft qazib chiqarishni kamaytirishga tayyor ekanini ma'lum qildi
Eron neft qazishni kuniga 3,6 million barrelda muzlatgan taqdirda, Saudiya Arabistoni yanvar oyigacha neft qazib chiqarishni kamaytirishga tayyor. Bu haqida RIA "Novosti"ga Jazoir delegatsiyasidagi yuqori martabali manba xabar berdi.
"Eng avvalo, biz dunyo sahnidagi eng yirik neft qazib chiqaruvchi mamlakatlarni (AQShdan tashqari) bir joyga yig‘a olganimizning o‘zi - katta yutuq. O‘tgan munozaralarning eng asosiy mavzularidan biri Saudiya Arabistoni va Eron muammosi bo‘ldi. Saudiya Arabistoni Eron neft qazishni kuniga 3,6 million barrelda muzlatsa, yanvar oyiga qadar neft qazib chiqarishni kamaytirishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Hozirda Jazoir delegatsiyasi ikki mamlakatning nuqtai nazarini yaqinlashtirishga harakat qilmoqda. Biroq bu juda qiyin masala, zero Eron kuniga 4 barrel neft qazish ko‘rsatkichiga qaytmoqchi", - dedi manba.
26-28 sentabr kunlari Jazoirda Xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir doirasida OPeK mamlakatlarining norasmiy uchrashuvi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:10
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026