Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozordan tadqiqotgacha: R&D ekologik toza energiyaning eng yaxshi namunalari bilan tanishamiz
Research and development (R&D) - bu Tadqiqot va ishlab chiqarish bo‘lib, Amerika innovatsiya sohasining madh etilmagan qahramoni hisoblanadi. Hukumat R&D ishlab chiqarishga sarmoya ajratadi, ish o‘rni yaratadi va hayotdagi dolzarb muammolarni hal etishga yordam beradi. O‘n yillar avval bu muammolar fazoviy poygalarga borib taqalardi, endi esa bu iqlim o‘zgarishiga aylandi.
Ekologiyani tozalash hech qachon arzon bo‘lmagan. Bu texnologik yangiliklarning natijalari 10, 20, hattoki, 30 yil avval R&D investitsiyalari tufayli amalga oshirildi. Bu ahamiyatli ko‘rsatkich, biroq u bizning iqlim bo‘yicha uzoq muddatli maqsadlarimizni qondira olmaydi. Qisqa qilib aytganda, biz iqlim o‘zgarishini faqatgina zamonaviy texnologiyalar bilan to‘xtata olmaymiz.
R&D ekologik toza energiyaning eng yaxshi namunalariga e'tiboringizni qarating. Yangi avlod oldida turgan muammolarni bartaraf etish uchun bizga mana shunday ko‘plab R&D (tadqiqot va ishlab chiqarish)ga kerak bo‘ladi.
Quyosh panellari

Quyosh energiyasi rivojlanmoqda va bu tasodif emas. Birinchi quyosh batareyalari 1994 yil paydo bo‘lganda quyosh energiyasini elektr quvvatiga o‘tkazish samaradorligi 30 foizni tashkil etgan va Milliy Muqobil Energiya Laboratoriyasi (MMEL) quyosh texnologiyalarini rivojlantirishda davom etib, rekord darajalarga yetishdi (hozirgi kunda 2008 yilda o‘rnatilgan 40,8 foiz o‘tkazish samaradorligi MMELga tegishli). Bunday olamshumul ixtirolar quyosh energiyasi sanoatidagi harajatlarni kamaytirib, toza energiya iqtisodiga bo‘lgan sarmoyalarning oshishiga olib keldi.
Litium ionli batareyalar

Milliy laboratoriyalar elektronika va elektr avtomobillarni quvvatlash maqsadida litium ionli batareyalarni rivojlantirdi. Buning yaqqol misolida, Argon Milliy Laboratoriyasida (Argonne National Lab) 2002 yildan 2010 yilgacha katod texnologiyalarini rivojlantirish orqali yaratilgan batareyada harakatlanuvchi Chevrolet Volt elektrokarini ko‘rishimiz mumkin. Energiyani Saqlash bo‘yicha Qo‘shma Tadqiqot Markazi xodimlari batareya texnologiyalari sohasidagi navbatdagi katta ixtironi amalga oshirish umidida. Ularning tadqiqoti elektr quvvatini yetkazib berish va tashishni yangi pog‘onaga ko‘tarishdan iborat.
LED yoritgichlar

2000 yildan boshlab AQSh Energiya Departamenti ishlab chiqaruvchilar bilan cho‘g‘lanma lampalarni LED lampalari bilan almashtirish ustida hamqorlikni boshladi. 2011 yilda Philips Lighting kompaniyasining Shimoliy Amerika bo‘limi AQSh Energiya Departamentining birinchi marta L Prize mukofotinin qo‘lga kiritdi. Bu tanlovni amalga oshirishdan maqsad yoritgich texnologiyalari sanoatidagi raqobatni kuchaytirishdan iborat edi.
Bugungi kunga kelib, LED lampalari cho‘g‘lanma lampalariga nisbatan 6 marta samarali va ularning narxi 85 foizga tushgan.
Shamol turbinalari

MMEL amalga oshirilgan R&D shamol quvvatini ham energetika sohasidagi asosiy yo‘nalishga olib chiqdi. Tadqiqotchilarning yuqori samarodorlikga ega bo‘lgan yangi aerodinamik parraklarni yaratishi shamol energiyasining harajatlarini 30 yil mobaynida 80 foizga tushirishga yordam berdi.
Shuningdek, shamol turbinalarining parraklarini va ehtiyot qismlarini 3D chop etilishi ishlab chiqarishdagi harajatlarni yanada kamaytiradi.
Super yuk tashuvchi avtomobil

2010 yilda AQSh Energiya Departamenti yuk tashuvchi avtomobil ishlab chiqaruvchilariga ularning samaradorligini 50 foizga ko‘tarishlari kerakligiga ko‘rsatma berdi. Bunday avtomobillar AQShdagi 80 foiz mahsulotni yetkazib beradi va mamlakatdagi barcha transport sarf qiladigan yoqilg‘ining 20 foiziga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham, bu yuk tashuvchi mashinalardagi samaradorlikning o‘sishi juda ham muhim. Shu harakatlar natijasida, Daimler Trucks North America kompaniyasining yuk tashuvchisi 115 foiz samaradorlikning o‘sishi kuzatildi.
Muzlatgichlar

Muzlatgichlar katta va ko‘plab hususiyatlarga ega bo‘lishganiga qaramay, elektr quvvatini odatdagiga nisbatan 25 foiz qamroq sarflashmoqda. Buning sababi Oak Ridge National Laboratory va Columbus Products Company tomonidan 1978 va 1980 yillar oralig‘ida ixtiro qilingan zamonaviy kompressor natijasi hisoblanadi. 1990 yillar davomida bu ilg‘or texnologiya asosida yaratilgan kompressor iste'molchilarning elektr quvvati harajatidan 6 milliard dollarni tejab qolishni ta'minlab bergan.
Atom energiyasi

AQSh Energetika Departamenti Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng Atom Energetikasi Komissiyasidan yaratilan bo‘lib, atom texnologiyasini tinchlik yo‘lida foydalanish maqsadidagi tadqiqotlarni ham olib boradi. Birinchi avlod atom reaktorlaridan tortib, uchinchi avlod atom reaktorlarigacha bo‘lgan tadqiqotlar ustida aynan shu departament 65 yil davomida ish olib borgan. Hozirgi kunda, AQShdagi elektr quvvati ishlab chiqarishning 20 foizi atom energetikasiga tegishli.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
10:26 / 27.12.2025