Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qishloq qurilish bank”: tadbirkorlik rivoji uchun sarmoyalar
Aktsiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” o‘z faoliyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes sub'yektlarining imkoniyatlarini kengaytirish va ular tomonidan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2009-2016 yillar davomida kichik biznes sub'yektlariga 2 402 708 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari, shundan oziq-ovqat iste'mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga 427 139 mln. so‘m, nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishga 536 706 mln. so‘m, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga 304 604 mln. so‘m ajratilgan.
Aholi bandligini ta'minlashda kichik biznes sub'yektlari muhim o‘rin tutishi sir emas. Bank kreditlari hisobiga kichik biznes sub'yektlari tomonidan qishloq xududlarida yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. “Qishloq qurilish bank” tomonidan o‘tgan yetti yil davomida tadbirkorlik sub'yektlariga ajratilgan kreditlar evaziga 20 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil qilingan. Mazkur raqamlarning o‘zi ham bank va kichik biznes korxonalarining hamkorligi amaliy natijalar berayotganligini ifodalaydi.
2010-2016 yillar davomida imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan ajratilgan kreditlar 23 203 mln. so‘mni tashkil etgani holda, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 109 683 mln. so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun 716 988 mln. so‘m yo‘naltirildi.
Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning biznes g‘oyalarini rag‘batlantirish “Qishloq qurilish bank” kredit siyosatida alohida o‘rin egallab kelmoqda. 2011-2016 yillar davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 62 734 mln. so‘m miqdorida kreditlar berildi. Birgina joriy yilning 7 oyi mobaynida kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga 13,1 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar berildi.
Moliyalashtirilayotgan biznes loyihalar hisobiga bitiruvchilarning bandligi ta'minlanibgina qolmasdan, qishloq xududlarida xizmatlar turlarini ko‘paytirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda muhim omil bo‘lmoqda. Eng muhimi, tijorat banklarining moliyaviy ko‘magida yosh tadbirkorlarning safi kengayib, har yili ta'limdan keyin yuzlab yigit-qizlar kichik biznes sohasiga kirib kelmoqda.
2016 yilda “Qishloq qurilish bank” tomonidan kichik biznes sub'yektlariga ajratilayotgan moliyaviy mablag‘lar hajmi yanada ortgan. Joriy yilning o‘tgan yetti oyi mobaynida tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab‑quvvatlash maqsadida 517,6 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘i yo‘naltirildi. Shu davrda aholining faol qismiga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 152,0 mlrd. so‘mlik mikrokreditlar ajratildi.
Bank tomonidan raqobatbardosh, yuqori sifatli oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni va turlarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish, ichki iste'mol bozorini iste'mol tovarlari bilan boyitish, tayyor tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi, mahalliy korxonalarni tashkil etish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadida mijozlarga ajratilgan kreditlar 212,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Qishloq joylarida servis xizmatlarini rivojlantirish bank faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mazkur maqsadlarga joriy yilning 7 oyi davomida 47,1 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Tatbiq etilgan biznes loyihalar hisobiga xududlarda yangi xizmatlar joriy etilmoqda va aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda.
Ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar ham e'tiborga molikdir. Bank yuzlab xotin-qizlarning o‘z biznesini tashkil etishga doir g‘oyalarini hayotga tatbiq etib, ularni ham moddiy, ham ma'naviy tomondan qo‘llab-quvvatlamoqda. Joriy yilning 7 oyi davomida tadbirkor ayollar rahbarlik qilayotgan xo‘jalik sub'yektlariga 76,4 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga, oilaviy tadbirkorlar hamda kasanachilikka 26,3 mlrd. so‘mlik mikrokreditlar yo‘naltirildi.
Bank mamlakatimizda amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosi bo‘yicha ham samarali natijalarga erishmoqda. Jumladan, “Respublika hududlarini 2013-2016 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga asosan 2016 yilning o‘tgan yetti oyi davomida 3272 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 487 ta loyihaga 38,6 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratilishi ta'minlandi.
Bank tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining xorijning eng ilg‘or texnika va texnologiyalarini joriy etishni, raqobatbardoshli va zamon talabiga javob beradigan milliy mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xorijiy valyutadagi imtiyozli xorijiy kredit liniyalari ham keng jalb qilib kelinmoqda.
O‘tgan 2009-2016 yillar davomida davomida bank tomonidan jami 32,6 mln. AQSh dollari miqdoridagi 7 ta kredit liniyalari jalb qilingan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida mazkur mablag‘lar hisobidan bank mijozlarining 80 dan ortiq loyihalari moliyalashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga asosan jalb qilingan kredit liniya doirasida 2016 yil davomida amalga oshirilgan 17 ta loyihaga 8,6 mln. AQSh dollari miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Xususan, respublikamizning turli hududlarida 8 ta muzlatkich omborlariga 1 903,88 ming AQSh dollari, intensiv bog‘ tashkil etish va tomchilatib sug‘orish uskunalarini tadbiq etish maqsadida 4 ta loyihaga 3 040,26 ming AQSh dollari, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish uchun 3 ta loyihaga 1 667,00 ming AQSh dollari va qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash maqsadi uchun 2 ta loyihaga 1 987,0 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.
“Qishloq qurilish bank” tomonidan olib borilayotgan samarali kredit siyosati xalqaro moliya muassasalari va reyting agentliklarining e'tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Shu yilning may oyida Moody’s xalqaro reyting agentligi bankning barcha reytinglar prognozini “barqaror” deb tasdiqladi.
Bir so‘z bilan aytganda, ATB “Qishloq qurilish bank” kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi vakillarining ishonchli moliyaviy ko‘makchisiga aylanib bormoqda. Bank xususiy sektorning yanada rivojlantirish, aholi bandligi va iqtisodiy farovonligini ta'minlashga o‘z moliyaviy mablag‘larini yo‘naltirish orqali mustaqilligining 25 yillik to‘yini nishonlayotgan mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishga munosib hissa qo‘shishga intilmoqda.
Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:38 / 26.05.2026
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026