Kitob tumanidagi noma'lum qabr tergov-surishtiruv ishlaridan so‘ng kimga tegishli ekanligi aniqlandi
Kitob tumanining Qushboshi qishlog‘ida yuz bergan voqeani eshitgan odam borki, bir zum karaxt ahvolga tushadi. Bu ishni kimlar qilgan? Nega? Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Qishloqda bir oila bo‘lar edi. Er-xotinning tinimsiz janjali tufayli, bu oilani qishloqdagi barcha yaxshi bilardi. Kunlarning birida Mohira (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) navbatdagi janjaldan so‘ng, bolalarini yetaklab, ota uyiga qaytdi. Ukasi Shohruh kaltak yegan opasi va qaltirab turgan besh nafar jiyanini ko‘rib, qo‘li musht bo‘lib tugildi.
Qishloqdoshining to‘yida ichib mast bo‘lgan Turg‘unning yodiga ota uyiga arazlab ketib qolgan xotini tushdi va qaynotasinikiga yo‘l oldi. U yerga borgach, bolalariga baqira ketdi. Bu paytda Mohira ishda edi. Bolalari otasidan qo‘rqib, tog‘asi Shohruhning ortiga berkinishdi.
Xullas vaziyat taranglashib, Shohruh pochchasini ura ketdi. Baqir-chaqirlardan ko‘chaga chiqqan, Mohiraning qarindoshi Jo‘rabek ham Shohruhga qo‘shildi. Oxiri kaltak og‘rig‘iga chiday olmagan Turg‘un xotinini urmaslikka qasam ichadi va ichkari uylardan biriga kirib yotadi.
Mohira ishdan kelgach, bolalaridan bo‘lgan voqeani eshitadi va erining yoniga kiradi. Ammo bu payt Turg‘un jon taslim qilgan edi. U bu xabarni ukasi va Jo‘rabekka yetkazadi.
Shohruh va Jo‘rabek Mohira va bolalarini uyiga jo‘natib yuboradi va o‘zlari Turg‘unning jasadini olib tutzor tomon yurishdi. Odamlar shubhalanmasliklari uchun Turg‘unga qo‘shib, o‘lgan itning ham jasadini ko‘mib yuborishdi.
Mohira uyga borgach, qo‘shnilar undan erini so‘ray boshlashdi. Ayol ukasi o‘rgatganidek uni ishlagani Qozog‘istonga ketganini aytardi. Ammo bu holat Turg‘unning qarindoshi Sardorni hushyor torttirdi. Chunki qarindoshi eski pasportda yurganligini, bu bilan xorijga chiqib bo‘lmasligini yaxshi tushunardi.
Turg‘unni qidirish ishlari boshlab yuborildi. Aybdorlar qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi tomonidan ayblanuvchilar Shohruh To‘rayevga 16 yil muddatga, Jo‘rabek Xodiyevga 15 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024
Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit pichoqlashdi
11:44 / 30.10.2024