Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino: Yuzaga kelgan vaziyat Ellardays bilan munosabatlarimizga ta'sir qilmaydi, u menga yoqadi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Sem Ellardaysning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyiligidan iste'foga chiqarilishiga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Men aytishim mumkin bo‘lgan yagona gap — menga Sem yoqadi. Men u uchun afsusdaman, terma jamoada bosh murabbiy bo‘lib ishlash uning ko‘p yillik orzusi edi. Yuzaga kelgan vaziyat bizning o‘zaro munosabatlarimizga ta'sir ko‘rsatmaydi. Men uni hurmat qilaman va hurmat qilishda davom etaman. Bu Sem va FA o‘rtasidagi ish», — deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.
27 sentabr kuni tongida Ellardays korrupsiyaga aloqadorligi haqida xabar paydo bo‘ldi. U o‘zini tadbirkorlar sifatida tanishtirgan jurnalistlar bilan uchrashuvida o‘z mavqeidan foydalangan holda transferlar amalga oshishida yordam ko‘rsatishi, evaziga 460 ming funt so‘ragani, shuningdek, Angliya futbol assotsiatsiyasidagi transferlar bo‘yicha qoidalarni qanday aylanib o‘tish mumkinligini o‘rgata olishi haqida aytgan. Bundan tashqari, jurnalistlar bilan suhbatda Sem terma jamoaning o‘sha vaqtdagi bosh murabbiyi Roy Hodjsonni tanqid qilgan va uning tayinlanishi FA tomonidan qabul qilingan ahmoqona qaror ekanini ta'kidlagan.
27 sentabr kuni kechqurun u iste'foga chiqarildi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu
08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi
23:01 / 25.03.2019
Mourino Chempionlar Ligasi finalchilarini taxmin qildi
19:16 / 15.07.2017