«Tottenhem» boş mrabbiyi Joze Mourino Angliya Liga Kubogining 1/8 finalidan örin olgan «Çelsi»ga (1:1, penaltilar seriyasi – 5:4) qarşi öyin paytida «köklar» ustozi Frenk Lempard bilan bölgan oğzaki aytişuvga izoh berdi.
Eslatib ötamiz, birinçi bölimda Timo Verner «Çelsi»ni hisobda oldinga olib çiqqqanda, Lempardning maydon çetida gol nişonlaşi Mourinoga yoqmadi va portugaliyalik mutaxassis Frenkka «0:3ga yutqazayotganingda bu yerda turmasding», dedi. Joze bu orqali şogirdining «Vest Bromviç» bilan öyinning birinçi bölimida, hisob 0:3 bölib turgan vaziyatda zaxira örindiğida ğamgin holatda ötirganiga kinoya qildi.
«Frenkka bölgan tuyğularim har qanday tortişuvlardan köra muhimroqdir. Futbolçi sifatida u menga hamma narsani berdi. Buni heç qaçon unutmayman. Döstim va professional öyinçimga nisbatan his-tuyğularim heç qaçon özgarmaydi.

Öşa vaziyatda men aytmoqçi bölgan yagona narsa – keksa murabbiyning yoş iqtidorli mutaxassisga fikri. Biz öyinçilarga mağlubiyat paytida köproq kerak bölamiz. Ular gol urganida, biz çetda boş qahramon bölişimiz şart emas. Sönggi öyinda («Vest Bromviç» bilan 3:3) ular 0:3 hisobida yutqazayotganida Lempardga açindim. Çunki u zaxira örindiğida juda xafa ötirgan edi. Futbolga keladigan bölsak, men unga örgatadigan narsa yöq», – deya Mourinoning sözlarini keltiradi The Telegraph.
Lempard esa bölgan voqeani quyidagiça izohladi: «Biz goldan biroz xursand böldik. Jozega esa gapiga javoban futbolçilariga qaraganda hakam bilan köproq gaplaşişini aytdim. Ammo uni çindan hurmat qilaman va bu heç qaçon özgarmaydi».
















