Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Berlinda politsiya qochqinni otib tashladi
Berlinning Moabit tumanida joylashgan qochqinlar yotoqxonasida politsiya tomonidan bir qochqin otib tashlandi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlari vakili ma'lumotiga asoslanib, Berliner Morgenpost xabar bermoqda.
29 yashar erkak yotoqxonadagi qo‘shnisi bo‘lmish 27 yashar yigitga pichoq bilan hamla qilgan. Politsiya esa buning oldini olishga chog‘langan. Tahdid qiluvchiga qarata bir necha nafar politsiya xodimi o‘t ochgan. U og‘ir yarador bo‘lgan va oradan bir soat o‘tmay jon bergan.
Voqea aslida mana bunday kechgan: 27 yoshli yigit otib tashlangan erkakning 8 yashar qizchasini ta'qib qilganlikda ayblangan. Politsiya qochqinlar qabul markaziga gumon ostidagi yigitni qo‘lga olish uchun kelishgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yigitning qo‘llariga kishan taqilgan payt, qizchaning otasi qo‘lidagi pichoq bilan unga tashlangan va “Yashashga haqing yo‘q!”, deya baqirgan. Ana shundan so‘ng uni otib tashlashgan.
Qo‘lga olingan shaxs ustidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan, halok bo‘lgan erkakning rafiqasi va qizchasi psixologlar nazoratida.
Mavzuga oid
09:10 / 24.04.2026
Rizo Pahlaviy Berlinda hujumga uchradi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
12:49 / 30.01.2026