Berlin-Brandenburg xalqaro aeroporti (BER) 18 mart kuni öz xodimlari iş taşlaşi munosabati bilan muntazam yölovçi reyslarini amalga oşirmaydi. Bu haqda aeroport 16 mart, duşanba kuni ma’lum qildi. Şu kuni reysi rejalaştirilgan yölovçilarga «çiptalarni qayta rasmiylaştiriş va safarning muqobil variantlari haqida ma’lumot oliş uçun öz aviakompaniyasi yoki turoperatori bilan boğlaniş» tavsiya etildi.
18 mart kuniga kelib-ketiş böyiça taxminan 445 ta reys rejalaştirilgan edi, ularning bekor qilinişi taxminan 57 ming yölovçiga ta’sir körsatadi.
Bundan avval, duşanba kuni Germaniyaning jamoat xizmati sohasi xodimlari kasaba uyuşmasi Ver.di aeroportning taxminan 2000 nafar xodimini bir kunlik iş taşlaşga çaqirgan edi. Kasaba uyuşmasi ularning maoşini 6 foizga va oyiga kamida 250 yevro miqdorida oşirişni talab qilmoqda, ammo aeroport rahbariyati bu talabga rozi emas.
Kasaba uyuşmasining bildirişiça, ötgan hafta bölib ötgan muzokaralarning ikkinçi bosqiçida iş beruvçilar 2028 yil oxirigaça amal qiladigan kelişuv doirasida maoşni bir neça bosqiçda oşirişni taklif qilgan. Ver.di muzokaraçisi Xolger Ryosslerning aytişiça, jami hisobda bu yillik maoş ösişiga atigi taxminan 1 foiz qöşadi, bu esa narx-navoning ösişini hisobga olganda xodimlarning real daromadlari sezilarli pasayişini anglatadi.
«Bu jiddiy taklif emas, balki muzokaralar stoli ortidagi provokatsiyadir», — dedi u.
Berlin aeroporti operatori bölgan kompaniya boş direktori Aletta fon Massenbax iş taşlaşni «nomutanosib çora» deb atadi, ayniqsa «Erondagi uruş tufayli vaziyat juda tarang bölib turgan bir paytda».
Tarif böyiça muzokaralarning navbatdagi bosqiçi 25 mart kuniga belgilangan. Fon Massenbax «kelişuvga erişilişiga» işonç bildirdi.









