Jahon | 19:30 / 28.09.2016
5914
1 daqiqa o‘qiladi

Putin oktabr oyida Turkiyaga borishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabr oyida Turkiyaga borishi mumkin. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kreml barcha tayyorgarlik chora-tadbirlari yakuniga yetganidan so‘ng rasmiy bayonot beradi. 

"Bu ehtimoldan xoli emas. Barcha tayyorgarlik ishlari yakuniga yetganidan so‘ng biz shunga muvofiq bayonot beramiz", - dedi Peskov. 

Bundan avval Putinning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefonda suhbatlashgani va u bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgani haqida xabar berilgan. 

 

Mavzuga oid