Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubi-sharqiy Osiyodagi suvlarning ifloslanishi fojiali tus olmoqda
Geofiziklar 100 milliondan ortiq insonning aziyat chekishiga sabab bo‘layotgan Bangladesh yerosti suvlarining margimush bilan zaharlanishiga oid holatlarni izohlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, suv zaxirasining ifloslanish darajasi avvalgi baholardan 10 marta yuqoridir. Tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida chop etilgan.
Olimlar mamlakat poytaxti Dakka shahridagi yerosti suvlarining ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, shahar ostidagi suvlarni haddan ortiq tortib olish sababli suv o‘rnini zaharli oqova suvlar egallagan. Bu suvlar 10 yil mobaynida asta-sekinlik bilan 150 metr chuqurlikdagi suvlarning tarkibiga ham qo‘shilishi mumkin.
Bungacha, ekspertlar tarkibida margimush bo‘lgan oqova suvlar 100 yil ichida yerosti suvlariga qo‘shilishi mumkinligini aytishgan edi. Tadqiqot mualliflari, ularning ilmiy ishi ifloslanish darajasini kamaytirishda yordam berishiga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
23:06 / 24.04.2026
Saida Mirziyoyeva Toyloqda aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rgandi
12:18 / 19.03.2026
30 martdan boshlab Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi
09:06 / 03.01.2026