Bokuda beshinchi Xalqaro gumanitar forum o‘z ishini boshlaydi
Bugun, 29 sentabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida beshinchi Xalqaro gumanitar forum o‘z ishini boshlaydi. Siyosat, fan va madaniyat arboblari global miqyosdagi masalalarni muhokama etishadi.
Aytish joizki, ushbu forum 2010 yilda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va o‘sha vaqtdagi Rossiya davlat rahbari Dmitriy Medvedev tomonidan tashkil etilgan edi. Forum yilda bir marta Ozarboyjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tadi.
Boku Xalqaro gumanitar forumi – jahon hamjamiyatida ko‘zga ko‘ringan siyosat, fan va madaniyat, xususan taniqli davlat arboblari, turli sohalarda Nobel mukofoti sovrindorlari, obro‘li xalqaro tashkilotlar rahbarlari yilda bir marta to‘planadigan yirik anjumandir. Bu yerda butun insoniyat manfaatlarini aks ettiruvchi keng qamrovli masalalar yuzasidan muloqotlar va munozaralar o‘tkaziladi.
Tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar, shuningdek madaniyat soha namoyandalari forum tashkilotchi va ishtirokchilaridir. Forumga amaldagi va sobiq davlat rahbarlari, yirik transmilliy korporatsiyalar asoschilari ham taklif etiladi. Insoniyatning barcha sohalari vakillari bir joyda to‘planib, butun insoniyatni tashvishga solayotgan jiddiy muammolar yuzasidan optimal yechimga kelishadi.
Beshinchi Boku Xalqaro gumanitar forumi tobora globallashib borayotgan dunyo haqiqatlarini e'tiborga olgan holda, XXI asrning gumanitar muammolari, istiqbollari va chaqiriqlarini muhokama etadi.
Mazkur forum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda davra suhbatlari tashkil etiladi: "Multimadaniyatlarning turli modellari: nazariyadan insoniy amaliyotga", "Odamlarning ommaviy aralashuvi jarayonida inson sarmoyasini saqlab qolish barqaror taraqqiyot asosi", "Axborot davrida jurnalistikaning o‘zgarishi va uning sivilizatsiyalararo muloqotni ta'minlashdagi o‘rni", "Barqaror taraqqiyot va ekologik sivilizatsiya", "Molekulyar biologiya, biofizika, biotexnologiya va zamonaviy tibbiyot kadrlarini tayyorlash: innovatsion va ahloqiy muammolar", "Texnologiyalar o‘xshashligi va kelajak bashorati: XXI asrning asosiy chaqiriqlari" kabi mavzular shular jumlasidandir.
Umuman, forumdan ko‘zlangan maqsad davra suhbatlari ko‘rinishida muloqotlarni tashkil etishdir. Bu, oddiy fuqarodan davlat rahbarigacha bo‘lgan har bir insonni tashvishga solayotgan mavzularni tilga olish uchun o‘ziga xos minbardir.
Forumning vazifasi esa, amaliy bahs va munozaralar, g‘oyalar, nazariy va amaliy bilimlarni almashish maydonchasini shakllantirishdir. Uning natijasi xalqaro tashkilotlar, mamlakatlar yetakchilari va har bir insonga qaratilgan tavsiya va takliflarda aks etadi.
Mavzuga oid
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
20:10 / 12.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva Bokuda yoshlarning iqlimga oid tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024