Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Chorsu" bozori yaqinida yana bir yashil hudud paydo bo‘ladi
Toshkent shahrining "Chorsu" bozori yaqinida yashil hudud paydo bo‘ladi. Shu maqsadda, "Ko‘kaldosh" madrasasidan chap tomondagi qator bino va inshootlar buzib tashlandi.
Ikki haftalar muqaddam, "Chorsu" bozori avtobus bekati yonidagi mavjud bino va qurilmalar demontaj qilinishi boshlangan edi. Xususan, 3 qavatli bino va uncha katta bo‘lmagan savdo peshtaxtalarini buzishga qaror qilingan, deb yozmoqda NUZ.UZ. sayti.
Shahar hokimiyatida ma'lum qilishlaricha, bu inshootlar amaldagi me'yorlarga javob bermasligidan tashqari, ko‘rinishi va holati ham bir ahvol bo‘lgan. Shu boisdan, masjid va bozor atrofini obodonlashtirish maqsadida yashil hudud barpo etishga ko‘rsatma berilgan. Bu yerda, daraxtlar, buta va gullar ekilib, o‘rindiqlar joylashtirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026